
Shuxrat Daryoning jonli konserti
Описание
Shuxrat Daryo yoshlikdan rubob chalib qo‘shiq kuylab, maktablararo qo‘shiq tanlovlarida yuqori o‘rinlarni egallar edi. U misiqa maktabida tahsil olib, keyinchalik shu yo‘nalishda oliygohda o‘qishni reja qilgan bo‘lsada, otasining hohishiga ko‘ra tibbiyot oliygohiga o‘qishga kiradi. Tibbiyot oliygohida fakultet ansablida solit bo‘lib ijod qiladi. Tibbiyotda u terapevt mutahassisligi bo‘yicha ko‘p yillar faoliyat yuritadi. Ammo kun kelib uning qo‘shiqchilikka bo‘lgan muxabbati professional ijrochilar ko‘rik tanloviga yetaklaydi. Va u 2004-yilda Respublika muallif qo‘shiqchilari festifalida oliy o‘rin gramprini egallaydi. Shundan so‘ng u 2006- yilda Belgiya davlatida folklor qo‘shiqlar festivalida ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritadi. Bunday yutuqlardan so‘ng u ilxomlanib o‘z yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni yarata boshlaydi.
Shabboda, Ko‘ylaklari bilan cho‘milgan qizlar, Sevdim, So‘zlasa, Yurak (Tutash taqdirlardagi serial), Yig‘lamang kabi qo‘shiqlari muxlislar qalbidan joy ola boshladi.
Qo‘shiqchimizning ayni kunlarda “Bu ayol bunchalar chiroyli” qo‘shig‘i munis ayollarimizni yuzlarida tabbassum paydo qiladi. Bu qo‘shiqni eshitgan har bir erkak o‘z ayoli uchun bu qo‘shiqni o‘ziga yuklab oladi @shuhratdaryouzofficial. Uning konsertlarida tomoshabin mazza qilib jonli qo‘shiqlarni tinglaydi, qo‘shilib kuylaydi va raqs tushadi.
Ming eshitgandan ko‘rgan avzal. Konsertga keling va o‘zingiz guvohi bo‘ling. Ushbu konsertda uning eng yangi qo‘shiqlari: Seni sog‘indim, Bir umr sevsam, Do‘st, Gulchexra va yana boshqa syurprizlar ham bor.
Joy
Xalqlar do‘stligi saroyi(Toshkent, Chilonzor tumani, Furqat ko'chasi, 3)
Sana
25 aprel 2025 yil
Vaqt
19:00
Yosh cheklovi
0+
Davomiyligi
2 soat
Жанр
Shuxrat Daryo/Koncert/jonli ijro/Xalqlar do‘stligi saroyi
Возрастное ограничение
0+
- ДатаМестоЗонаВзрослымДетям
- 25апреляптДворец искусств «Дружба народов»Залот 50000от 50000